Asosiy mazmunga oʻtish
"Strandja" turniri. Ummataliyev va Aliev o‘z yurishini davom ettiradi, Arman Mahanov uchun musobaqa yakunlandi

"Strandja" turniri. Ummataliyev va Aliev o‘z yurishini davom ettiradi, Arman Mahanov uchun musobaqa yakunlandi

  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, Bolgariyaning Sofiya shahrida an’anaviy 77 "Strandja" xalqaro turniri o‘tkazilmoqda.

Hamyurtimiz Javohir Ummataliyev -80 kg vazn toifasida o‘zining 2-jangini braziliyalik Santos Dos Beliniga qarshi o‘tkazdi. Raqib bor imkoniyatini ishga solgan bo‘lsa-da, Javohir yakunda 4:0 hisobida g‘alabaga erishdi.

-90 kg vazndagi umidli bokschimiz Arman Mahanov ham ilk jangini o‘tkazdi. U angliyalik Damar Tomasga qarshi ringga ko‘tarildi. Jang juda qiziqarli va shiddatli tus oldi. Mahanov aslo bo‘sh kelmadi. Ammo, hakamlar angliyalik bokschini g‘alabasini e’tirof etishdi. Hisob 0:5 ko‘rinish oldi.

+90 kg vazndagi vakilimiz Ozodbek Aliev ringga ko‘tarildi. U turkmanistonlik Dovlet Islomovga qarshi bahs yuritdi. Butun jang mobaynida o‘z ustunligini namoyish etgan Aliev yakunda 5:0 hisobida zafar quchdi.

Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q