Sul'sher "Manchester Yunayted"ga vaqtinchalik murabbiy sifatida qaytishga tayyor
Ole Gunnar Sulsher Ruben Amorim isteʼfosidan keyin "Manchester Yunayted"ga qaytishga tayyor ekanini bildirdi.
Bugun "qizil iblislar" Ruben Amorim bosh murabbiy lavozimidan chetlatilganini rasm an eʼlon qildi. Jurnalist Rich Feyning maʼlumotlariga koʻra, Sulsher jamoaga vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida qaytishga rozi.
Norvegiyalik mutaxassis avvalroq 2018 yil dekabridan 2021 yil noyabrigacha MYUni boshqargan. Uning qoʻl ostida jamoa Angliya Premier-ligasida ikki marta ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallagan, shuningdek, Yevropa Ligasi finaligacha yetib borgan.

Joriy mavsumda "Manchester Yunayted" APLda 20 turdan keyin 31 ochko jamgʻarib, 6- oʻrinni egallab turibdi.
Avvalroq klub Amorim oʻrniga asosiy nomzod sifatida "Kristal Pэlas" bosh murabbiyi Oliver Glasnerni koʻrib chiqayotgani xabar qilingan edi. Shuningdek, "Ipsvich" bosh murabbiyi Kiran Makkenna, "Chelsi"dan boʻshatilgan Enzo Mareska va Germaniya milliy jamoasi ustozi Yulian Nagelsmann nomzodlari ham koʻrib chiqiladi. Klub vaqtinchalik murabbiy tayinlash variantini ham istisno etmayapti.
Fikrlar