Sulsher: Nima qilib bo‘lsa ham, shu o‘yinchini olamiz!

  • 26 fevral, 2021, 17:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Sulsher o‘z shogirdlari orasida “Vest Xem” etakchisi Deklan Raysni ko‘rmoqchi.

Manchesterliklar  nima qilib bo‘lsa ham, 22 yoshli tayanch yarim himoyachisini o‘z tarkibiga qo‘shib olish niyatida. Hozir Raysning transferi 100 million funtga baholanmoqda.

“Manchester Yunayted” bu summani pasaytirish maqsadida “Vest Xem”ga uch nafar futbolchidan birini qo‘shib bermoqchi.

Rays transferiga qo‘shiladigan futbolchilar  ro‘yxatiga Jessi Lingard, Nemanya Matich va Fil Jons kiritilgan.

Deklan Raysning xizmatlariga “Liverpul”, “Manchester Siti” va “Chelsi” ham  jiddiy qiziqish bildirayotgani “Manchester Yunayted”ning transferini qiyinlashtiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!