Sulsher Portugaliyadan yana bir istedod topdi

  • 5 iyun, 2020, 17:20
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Benfika" yarim himoyachisi Florentinu yozda "Manchester Yunayted"ga ko‘chib o‘tishi mumkin.

ESPN nashri ma’lumotiga ko‘ra, 20 yoshli futbolchining o‘yini mankunianliklar bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsherda iliq taassurot qoldirgan.

Klub bilan shartnomasi 2024 yil yakuniga etadigan futbolchi xizmatlariga shuningdek, "Latsio", "Milan" va "Manchester Siti" klublari qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda Florentinu portugal klubi safida 15 ta o‘yinda bitta golli uzatma bergan. Uning taxminiy transfer summasi 18 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!