Super forvard: Iltimos, meni qo‘yib yuboringlar

  • 17.06.2020 23:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Monako” safida Frantsiya chempionati to‘purari bo‘lgan Vissam Ben-Yedder klubi rahbariyatidan uni yozda transferga qo‘yishlarini iltimos qilmoqda.

29 yoshli futbolchining asl maqsadi kelasi mavsumda Evropa Chempionlar ligasida to‘p surish. Erta yakunlangan Frantsiya chempionatida 9-o‘rinni egallagan monakoliklar evrokubok musobaqalaridan quruq qoldi.

“Monako” yana to‘rt yillik shartnomaga ega futbolchini 40 million evro evaziga qo‘yib yuborishga rozi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!