Superhujumchiga 10 ta klub da’vogar
“Lill” hujumchisi Joanatan Devid yozda Evropaning etakchi klublaridan biriga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.
Kanadalik iste’dod egasi Chempionlar ligasida muntazam ishtirok etadigan klubga o‘tish ilinjida hozirgi jamoasini tark etishga qaror qilgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, Devidga kamida o‘nta klub ko‘z tikmoqda. Da’vogarlar orasida “Arsenal”, “Liverpul”, “Inter”, “Real” va “Barselona” kabi grand jamoalar ham bor.
22 yoshli hujumchi joriy mavsumda 37 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 17 marotaba ishg‘ol qildi. Transfermarkt portali uning narxini 50 million evroga baholamoqda.
Fikrlar