Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Superklub antirekord qayd etdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Muxlislar bundan norozi

Angliya premyer-ligasining 4-tur uchrashuvida o‘zaro to‘qnash kelgan "Tottenxem" va "Everton" jamoalari g‘olibni aniqlay olmadi. London klubi maydonida o‘tgan bellashuv 0:0 hisobida yakunlandi.

Shu tariqa "Tottenxem" yangi mavsumda hamon ligadagi ilk golini ura olmayapti. Mavsum boshidagi golsiz o‘yinlar seriyasi to‘rtta bahsga yetdi. Squawka statistika xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich klub tarixidagi eng yomon start sifatida qayd etildi.

Avvalgi turlarda "Tottenxem" futbolchilari "Brentford"dan 0:3, "Nyukasl"dan 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan, "Nottingem Forest"ga qarshi bahs esa 0:0 hisobida nihoyasiga yetgan edi. 

To‘rt turdan so‘ng Roberto De Dzerbi shogirdlari faqat ikki ochko jamg‘argan holda Angliya premyer-ligasi jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q