Superklub asosiy oʻyinchisiga oʻrniga uchtasini topib qoʻydi

  • 21.03.2026 11:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasi vakili “Chelsi” jamoadan ketish payida yurgan yarim himoyachi Enzo Fernandez o‘rniga futbolchi qidirishni boshladi.

Hozircha klub uch nafar nomzodni ko‘rib chiqmoqda, deb xabar beradi Caught Offside nashri.

Manbaga ko‘ra, londonliklar “Nottingem Forest” yarim himoyachisi Elliot Andersonni asosiy transfer nishoni sifatida belgilagan. Biroq uni sotib olish qiyin bo‘lishi mumkin. Chunki Elliotning narxi 100 million funt sterling (116 million yevro) deb baholanmoqda. Qolaversa, bu o‘yinchiga qudratli klublar ham xaridor.

Shuningdek, “Chelsi” mutasaddilari zahira varianti sifatida “AZ Alkmaar”ning 20 yoshli yarim himoyachisi Kese Smit va “Vulverxempton”ning 18 yoshli futbolchisi Mateus Manega ham qiziqish bildirmoqda.

Ta’kidlanishicha, klub Fernandezni sotishga shoshilmayapti, ammo jahon chempionining jamoadan ketish ehtimoli tobora oshib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!