Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Superklub "Liverpul"dan Virtsni olib ketadi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Angliyada oʻyini oʻxshamayapti

«Bavariya» klubi hali ham Germaniya terma jamoasi yarim hujumchisi Florian Virtsga qiziqishini yo‘qotmagan. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, myunxenliklar hozirda «Liverpul» sharafini himoya qilayotgan futbolchining Angliyadagi holatini yaqinidan kuzatib bormoqda. Shu bilan birga, Bundesliga chempioni hozircha hech qanday rasmiy taklif yoki muzokara boshlashni rejalashtirayotgani yo‘q.

23 yoshli Virts o‘tgan yil yozida leverkuzenlik «Bayer» tarkibidan «Liverpul»ga o‘tgan edi. U angliyalik klub bilan besh yillik shartnoma imzolagan. Futbolchining transfer bahosi taxminan 100 million yevro atrofida baholanmoqda.

Joriy mavsum Premier-ligada Florian to‘rtta o‘yinda maydonga tushdi va shu vaqt ichida faqat bir marta assistentlik qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q