
Superkompyuter MYu va "Tottenxem"ning chempion bo‘lish imkoniyatini baholadi
Evropa Ligasi finalida “Manchester Yunayted” va “Tottenxem” jamoalari o‘rtasida keskin va murosasiz kurash kutilmoqda. Uchrashuv 2025-yil 21-may kuni Ispaniyaning Bilbao shahrida bo‘lib o‘tadi.
Mashhur statistik platforma Opta finalni 10 000 marotaba virtual tarzda simulyatsiya qildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, "Manchester Yunayted" ushbu bahslarda 50,7 foiz holatda g‘alaba qozongan bo‘lsa, "Tottenxem" 49,3 foiz holatda zafar quchgan. Bu esa final jahon futboli muxlislari uchun juda teng va qiziqarli bahs bo‘lishini anglatadi.
Har ikki jamoa uchun bu final katta ahamiyatga ega. Ikkala klub joriy mavsum ichki chempionatda muvoffaqiyatsizlikka uchrashdi. Shu sababli ular uchun Chempionlar Ligasiga yo‘l olish uchun yagona yo‘l finalda g‘alaba qozonish hisoblanadi.
Fikrlar