CHERY AUTO

Transfermarkt.de saytiga tayanib, 2021 yilgi O‘zbekiston Superligasi jamoalari tarkiblarining narxlar bilan tanishamiz.

Tecno

Bu borada, "Paxtakor" klubi etakchi! 23 ta futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazgan toshkentliklarning umumiy qiymati 9,6 mln evroni tashkil etadi. 3 ta legionerga ega bo‘lgan jamoaning o‘rtacha hisoblaganda har bir futbolchisining narxi 417 ming evroga to‘g‘ri kelmoqda.

IMG_0118

Mirjalol Qosimov qo‘l ostidagi Olmaliq klubi eng qimmat tarkib borasida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. AGMK jamoasining tarkibi 7,43 mln evroga baholangan. Ushbu klubda "Paxtakor" kabi 3 ta xorijiy futbolchi mavjud va jamoaning o‘rtacha qiymati 323 ming evroga teng!

IMG_0031

O‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan "Navbahor" klubining tarkibi 6,68 mln evrodir. Namanganda 5 ta legioner futbolchi bor. "Lochinlar"ning o‘rtacha qiymati 290 ming evroni hosil qiladi.

IMG_7528

"Lokomotiv" klubining umumiy transfer summasi 6,65 mln evro va har bir futbolchining o‘rtacha narxi 266 ming evroga teng. Toshkentliklar tarkibida bor-yo‘g‘i 2 tagina legioner futbolchi to‘p tepadi.

IMG_7170

Beshinchi o‘rinda qayd etilgan "Bunyodkor"ning tarkibi 5,18 mln evroni tashkil qilmoqda. Bu har bir futbolchi uchun o‘rtacha 216 ming evrodan to‘g‘ri keladi. "Qaldirg‘ochlar" safida 3 ta chet el fuqarosi o‘ynaydi.

IMG_0113

Farqli o‘laroq kam sonli futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazgan "So‘g‘diyona"ning transfer qiymati 5,08 mln evroga teng! Jizzax jamoasi futbolchilarining o‘rtacha narxi 242 ming evroga baholangan. Ulug‘bek Baqoev qo‘l ostida 4 ta xorijiy futbolchi borligini qo‘shimcha qilish mumkin.

IMG_5762

"Qo‘qon-1912" klubi esa, 5,03 mln evrolik tarkibga ega! 3 ta legionerni ro‘yxatdan o‘tkazgan vodiyliklarning o‘rtacha qiymati 218 ming evroga teng!

IMG_0072

O‘rtacha 22,7 yoshni tashkil etib turgan "Nasaf" Superliganing eng yoshi kichik tarkibga ega jamoasi hisoblanadi va bundan tashqari, klubda atigi bittagina legioner bor. "Qaldirg‘ochlar" "So‘g‘diyona" kabi 21 tagina futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazganligiga qaramay, ushbu futbolchilarning umumiy qiymati 4,98 mln evroni hosil etadi va bu o‘rtacha 237 ming evroga baholanadi.

IMG_7524

"Metallurg" futbolchilarining umumiy transfer narxi 4,43 mln evroni tashkil qilmoqda. 3 ta xorijiy futbolchi bilan mavsumni boshlagan bekobodlik futbolchilarning o‘rtacha narxi 177 ming evroga teng!

IMG_0117

Eng qariya jamoa bu "Qizilqum" bo‘lib turibdi. Klub a’zolarining o‘rtacha yoshi 29,2 ni tashkil etmoqda va ushbu futbolchilarning barchasini yig‘indisi 4,28 mln evrodir. Ularning har biri o‘rtacha hisoblaganda 186 ming evroga teng. Zarafshonliklarda 5 ta legioner mavjudligini ham qo‘shimcha qilish joiz.

IMG_0069

"Mash’al" jamoasining qiymati 3,48 mln evroni tashkil etmoqda. Bu o‘rtacha har bir futbolchiga 145 ming evrodan to‘g‘ri keladi. Muborakliklar safida 4 ta chet el fuqarosi to‘p tepadi.

IMG_6819

Musobaqa debyutanti "Turon" klubi eng ko‘p legionerga ega! Tarkibda 6 ta xorij fuqarosi bor. Yaypan jamoasining umumiy qiymati esa, 3,40 mln evro va bu o‘rtacha har bir futbolchi 121 ming evrodan deganidir.

IMG_7174

Mavsumni 4 ta legioner bilan boshlagan va 25 ta futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazgan "Andijon" klubining qiymati 2,90 mln evroga baholangan. O‘rtacha hisob esa, 116 ming evroga to‘g‘ri keladi.

Andijon

Eng arzon tarkib "Surxon" jamoasiga tegishli! Termizliklarning qiymati 2,40 mln evroni tashkil etmoqda va o‘rtacha hisob 96 ming evro bo‘lib xizmat qilmoqda. Surxondaryo klubida Ro‘ziqul Berdiev jamoasi kabi bor-yo‘g‘i bittagina legioner futbolchi bor.

6931572533035

Barcha jamoalarning yig‘indisi 71,48 mln evroga to‘g‘ri kelmoqda va 14 ta klubda to‘p tepayotgan futbolchilarning transfer narxlari o‘rtacha 215 ming evroga baholangan. Superliganing joriy mavsumi 47 ta legioner bilan boshlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!