Superliga. 4-turning 3 ta o‘yinida VAR tizimidan foydalaniladi

1 aprel, payshanba kuni Superliganing 4-tur bahslari start oladi. Bilasiz, joriy yildan e’tiboran milliy chempionatimiz uchrashuvlarida VAR tizimidan foydalanilmoqda.

Jumladan, Superliga 4-turidan o‘rin olgan 3 ta bahsda Video Assistant Referee tizimi ishlaydi. Bu haqda O‘zbekiston professional futbol ligasi rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Unga ko‘ra, “Andijon” – “Mash’al”, AGMK – “Navbahor” va “Lokomotiv” – “Qizilqum” o‘yinlarida VAR tizimidan foydalanish rejalashtirilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!