Superliga. Bir kishi kam bo‘lib qolgan "Lokomotiv"ni "Metallurg" maydonida kambek qildi

  • 1 oktabr, 2021, 20:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina Superliganing 21-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv o‘z yakuniga etdi.

Tecno

Bekobodda kechgan “Metallurg” va “Lokomotiv” jamoalari bahsida 1:2 hisobi qayd etildi. Poytaxt jamoasi hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Azizbek Amonov (90+1') tomonidan kiritilgan gol evaziga muhim g‘alabani tantana qildi.

E’tiborlisi, o‘yindagi ikkita gol penaltidan kiritildi. “Metallurg” safida DamirTemirov (42'), “Lokomotiv” safida Temurxo‘jaAbduxoliqov (59') gol muallifiga aylandi.

Yana bir ahamiyatli jihat, o‘yinning 37-daqiqasida “temiryo‘lchilar” posboni Abdumavlon Abdujalilov hakam tomonidan qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi va maydondan chetlatildi.

Ushbu o‘yindan so‘ng “Metallurg” hisobidagi ochkolar 19 taligicha qoldi va bekobodliklar hozircha o‘zlari egallab turgan 10-pog‘onada borishmoqda. “Lokomotiv” esa 32 ochko bilan 5-o‘rindagi "Bunyodkor"ga etib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!