Superliga. Bugun 7-tur start oladi

  • 11 may, 2024, 00:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superliga 7-turi doirasidagi ikki uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bekobodning "Metallurg" jamoasi o‘z uyida "Qizilqum"ni qabul qiladi. O‘yin 19:00da start oladi va "Foreign languages" telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi. 

“Metallurg” hamda “Qizilqum”ning o‘zaro to‘qnashuvlari statistikasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, jamoalar bugungacha Superligada 48 ta o‘yin o‘tkazishdi. Shularning 18 tasida “Metallurg” g‘alaba qozongan. 12 ta uchrashuvda kuchlar teng kelgan. 18 ta o‘yinda esa “Qizilqum”ning qo‘li baland kelgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi 62:61, “Metallurg” foydasiga. Bekobodliklar bu raqibni ikki marta 4:1 hisobida yutgan (2006, 2019). “Qizilqum” esa bitta uchrashuvda po‘lat quyuvchilar darvozasiga javobsiz beshta to‘p (0:5, 2006) kiritgan.

Bundan tashqari, Toshkentning "Paxtakor" klubi "Olimpik" mehmoni bo‘ladi. Uchrashuvni "Sport" telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin. 

Chempionatlar tarixida hozircha jamoalar to‘rt bor to‘qnash kelgan. Bir o‘yinda “Paxtakor”, yana birida “Olimpik” zafar quchgan, ikki uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan. "Paxtakor" 6 gol urib, 5 to‘p o‘tkazib yuborgan. Shuningdek, Kubokdagi bir to‘qnashuv “sherlar”ning foydasiga hal bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!