Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Superliga. Bugun 9-tur yakunlanadi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Bugun kun dasturida uchta uchrashuv bo‘lib o‘tadi va tur o‘z nihoyasiga yetadi.

O‘zbekiston Superligasining 9-tur bahslari davom ettiriladi. Bugun kun dasturida uchta uchrashuv bo‘lib o‘tadi va tur o‘z nihoyasiga yetadi.

Dastlab, jadvalning 2-o‘rinda borayotgan “Neftchi” safarda 8-pog‘onani egalab turgan “Xorazm”ga qarshi o‘ynaydi. Bellashuv soat 19:00 da start oladi. Ushbu bahs bilan parallell ravishda “Qizilqum” — "Qo‘qon-1912" to‘qnashuvi o‘tkaziladi.

Kunning so‘nggi o‘yini “Bunyodkor” — “Andijon” jamoalari o‘rtasida kechadi. Ushbu uchrashuv soat 20:15 da "Futbol TV" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q