Superliga. "Bunyodkor" "Andijon"ni yirik hisobda mag‘lub qildi
Superliganing 3-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin mehmonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab, Abdumannopov 22-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Ivanovich penatidan gol urib, oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. 65-daqiqada Ismonaliev hisobni yirik ko‘rinishiga olib keldi.
Shu tariqa, "Bunyodkor" ketma-ket 3-g‘alabasini qo‘lga kiritib, turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar