Superliga. “Nasaf” safarda “Qo‘qon-1912” bilan durang o‘ynadi
Superliganing 6-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” hamda “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.
Bu bellashuvda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Dastlab uchrashuvning 55-daqiqasida “Nasaf” futbolchisi Bobur Abduxoliqov hisobni ochishga erishdi. 88-daqiqada esa mezbonlar futbolchisi Toma Tabatadze penaltiidan gol kiritib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
- O'zbekiston - Superliga
- Joriy Mavsum
Qo'qon-1912
- Toma Tabatadze 88'
Tugadi
1
:
1
08.04.2026 18:00
Nasaf
- Bobur Abdikholikov 54'
Fikrlar