Superliga. "Navbahor" - "Dinamo": O‘zaro uchrashuvlarda ustunlik kim tomonda?

  • 29 fevral, 2024, 18:42
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Superliga 1-turida muxlislar "Navbahor" - "Dinamo" bahsiga guvoh bo‘ladi. 

Tecno

Mazkur klublarning Superliga (oliy liga)dagi o‘zaro o‘yinlari statistikasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ushbu jamoalar 50 marta o‘zaro ro‘baro‘ bo‘lishgan.

Mazkur bahslarda namanganliklar 28, “ko‘hna shaharliklar” esa 13 marta zafar quchishgan bo‘lsa, 9 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati – 88-43, “Navbahor” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “lochinlar” 93, “arslonlar” esa 48 ochkoni qo‘lga kiritishgan.  

Prevyu.Navbahor Dinamo o‘yiniga 1

 Ushbu klublar o‘rtasidagi bahslarda eng yirik hisob 1996 va 1997 yillari Namanganda qayd etilgan. O‘sha mavsumlarda “Navbahor” “Dinamo” ustidan tegishlicha 6:0  hamda 7:1 hisoblarida zafar quchgan. Mazkur jamoalar shu kungacha Namanganda o‘zaro 25 ta uchrashuv o‘tkazgan. Ushbu o‘yinlardan 19 tasida “Navbahor” g‘alaba qozongan bo‘lsa, yana 6 ta bahsda durang qayd etilgan.

Fakt: “Dinamo” hali Namanganda zafar qucha olmagan.  Namanganda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda to‘plar nisbati -  56-10, jamoamiz foydasiga.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Dinamo” bellashuvi 1 mart kuni soat 18:30 da start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
ишбобоев жума
29/02/2024 19:15
Динамо узингни курсат.
АЛИ
29/02/2024 21:03
NAVBAHOR GAZINI BOS!!!!!