Superliga. "So‘g‘diyona" Zominda 10 kishi bo‘lib qolgan "Olimpik"ni enga olmadi

  • 10 mart, 2023, 17:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganig 2-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Olimpik" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin jangovor 2:2 hisobidagi durang natija bilan tugadi.

Tecno

"Olimpiyachilar"ning ikki goli ham penaltidan kiritildi. Ularning dastlabkisiga Jo‘raqo‘ziev, ikkinchisiga Odilov mualliflik qildi. Jizzaxliklarning bir goli Hasanov hisobiga, yana biri Yo‘ldoshev (avtogol) nomiga qayd etildi.

Shu tariqa, "Olimpik" ochkolari sonini 4 taga etkazib oldi va jadvalda vaqtinchalik 1-o‘ringa chiqib oldi. "So‘g‘diyona" hisobida 1 ochko mavjud bo‘lib, "bo‘rilar" 8-o‘ringa ko‘tarildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!