Superligada bosh murabbiyligidan bo‘shatildi

  • 28.04.2026 10:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turkiya Superligasining 31-turida turnir peshqadami “Galatasaroy” o‘z maydonida eng yaqin ta’qibqisi “Fenerbahçe”n qabul qilib, muhim bahsda 3:0 hisobida zafar quchdi.

Bu mag‘lubiyatdan keyin “Fenerbahçe”ning chempionlik umida to‘la so‘ndi. Klub rahbariyati qaroriga ko‘ra, ushbu muvaffaqiyatsizlikdan keyin bosh murabbiy Domeniko Tedesko bilan hamkorlik to‘xtatildi.

Bu haqida “Fenerbahçe” klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Tedesko va uning murabbiylar shtabi bilan birga sport direktori Devin O‘zek hamda futbol koordinatori Berke Çelebi ham klubni tark etdi.

Bosh murabbiy vazifasini vaqtincha Zeki Murat Gole bajaradi.

40 yoshli Tedesko “Fenerbahçe”ni 2025 yil sentyabridan boshqarib kelaotgandi.

Avvalroq u Moskvani&nbs;“Spartak”, Belgiya milliy terma jamoasi, Germaniyaning “Leyptsig” va “Shalke” klublarida ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Давлат
29/04/2026 16:32
Зур ку, Мен узимизни суперлигадан кайсидир бош тренер ишдан олинибдими деб уйлабман.
Baxil Alihuja
28/04/2026 14:01
бу ковунтушурар тренерни пахтакорга обкелиш кере