Superligada dastlabki iste’fo ro‘y berdi

  • 14.03.2024 23:30
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston Superligasida dastlabki iste’fo kuzatildi. Bu ikkinchi turdan so‘ng darhol amalga oshirildi.

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, "Bunyodkor" klubi bosh murabbiyi Ivan Bubaloga chiqish eshiklari ko‘rsatilgan. Xorvatiyalik mutaxassis allaqachon o‘z yurtiga jo‘nab ketgan. Jamoani Anvar G‘ofurov vaqtincha boshqarib boradi.

Eslatib o‘tamiz, "qaldirg‘ochlar" 1-turda "Qizilqum"ga, 2-turda esa "Andijon"ga imkoniyatni boy bergandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!