Superyulduz taqdiri 20 million funtga hal bo‘ladi
“Barselona” yozgi transferlar davrida “Manchester Yunayted”dan ijaraga olingan Markus Reshfordning shartnomasini yanvar oyidayoq to‘liq sotib olish masalasini ko‘rib chiqa boshladi.
Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining birinchi turida “Nyukasl” mehmoni bo‘lib, angliyalik hujumchining dubli evaziga safardan 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi. Shu uchrashuvdan keyin kataloniyaliklarda Reshfordni klubda olib qolish istagi tug‘ilgani aytilmoqda.
TBR Football nashrining yozishicha, bu transfer “Barselona”ga 20 million funtga tushishi mumkin. Ammo ayrim ekspertlar “Manchester Yunayted” Markusni yanvarda to‘liq transfer qilinishiga qarshi chiqish ehtimoli katta ekanini ta’kidlayapti.
Aslida kelishuv bo‘yicha “Barselona” Reshfordni mavsum yakunlanganidan keyin 26 million funtga sotib olishi belgilangan. Ammo kataloniyaliklar bu summani pasaytirish uchun transferni yanvarga mo‘ljallayapti.

Fikrlar