
"Surxon" o‘yin vaqtini cho‘zmaganligi va Superligani markazlashtirish haqida – Ravshan Haydarov ishtirokidagi matbuot anjumani
Coca Cola Superliga 9-turi doirasida bo‘lib o‘tgan “Andijon” hamda “Surxon” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Surxon” jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ishtirok etdi. Bu haqda "Andijon" matbuot xizmati xabar bermoqda.
- "O‘yinning ahamiyati juda yuqori edi. Jadvalda yonma-yon turgan jamoalar uchrashdi. Muhimi, g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Shu sababli, g‘alabaga mos o‘yin o‘tkazishga qaror qilgan edik. Yigitlarimiz ko‘rsatmalarimizni to‘g‘ri bajarishdi.
- “Surxon” so‘nggi daqiqalarda o‘yin vaqtini cho‘zgandek tuyuldi...
- Buni o‘yin cho‘zish demagan bo‘lardim. Men darvozabondan doim to‘pni egallab olib, sheriklarini izlashlarishi so‘rayman. Chunki, to‘pni tepib yuboravergandan foyda nima? Shu sababli, u shunday qildi.
- Chempionatni markazlashtirish haqida qanday fikrdasiz?
- Taqvim borasida Termizda ikkinchi o‘yin o‘tkazishimiz kerak edi. Uy o‘yinlarini o‘z maydonimizda o‘tkazish niyatida edik. Lekin, pandemiya kuchayib borayotgani uchun buni imkoniyati yo‘qqa o‘xshaydi.
Fikrlar