"Surxon" O'zbekiston U17 terma jamoasi himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi

  • 16.01.2026 12:26
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi hamda "Ahmedov fc" a’zosi Muhammadali Musaxonov faoliyatini Superliga klubida davom ettiradi.

Sports.uz'ga ma’lum bo‘lishicha, chap qanot himoyachisi hisoblangan Musaxonovga "Surxon" jamoasi a’zosiга aylanadi. Termizliklar yosh futbolchini to‘liq o‘z safiga qo‘shib oldi. U ayni damda jamoa bilan birga Turkiyada mashg‘ulot qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Muhammadali 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatida 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, jami 406 daqiqa harakat qildi. Ushbu o‘yinlarda u 2 ta golli uzatma (assist) muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!