
"Surxon" posboni O‘zbekistonga qaytdi
Xabaringiz bor, "Surxon" ayni damda Turkiyada yig‘in qilmoqda.
Jamoaning 30 yoshli posboni Artyom Potapov Toshkentga qaytib keldi. Bu haqda "uchar tulporlar" matbuoti xabar berdi.
"Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida tarkibimizda bitta o‘zgarish yuz berdi. Darvozabon Artyom Potapov jarohati tufayli jamoa lagerini tark etib, Toshkentga jo‘nab ketdi. Hozirgi vaqtda darvozabonimiz Toshkentda professional shifokorlar nazorati ostida davolanishni davom ettiradi va reja bo‘yicha Superliga boshlanishdan oldin jamoa safiga qaytadi", - deyiladi xabarda.
Fikrlar