"Surxon" Turkiyada yig‘in o‘tkazadi

  • 01.01.2026 14:20
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida "Surxon" jamoasi 4 yanvar kuni Toshkentdagi qarorgohida yig‘ilib, dastlabki mashg‘ulotlarni boshlaydi.

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, 14 yanvar kuni jamoa a'zolari Turkiyaga yo‘l oladi va u yerda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi. Yig‘in Turkiyaning Belek shahrida bo‘lib o‘tadi, unda bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlari rejalashtirilgan.

Yig‘in 18 fevral kuni yakunlanadi, shundan so‘ng jamoa a'zolari Toshkentga qaytib, mavsum startiga tayyorgarlikni davom ettiradi.

Yaqin vaqt ichida delegatsiyamiz tarkibi, shuningdek, sparring-raqiblar haqida sizlarga batafsil ma'lumot beriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!