
Taekvondo: Vakillarimiz Tayyuan Gran-Prisini 1 ta kumush hamda 3 ta bronza medali bilan yakunladi
10-12 oktyabr kunlari Xitoyning Tayyuan shahrida taekvondo WT bo‘yicha kattalar o‘rtasida G6 tasnifiga kiruvchi Gran-Pri musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etdi. Sportchilarimiz uch kun davom etgan turnirda 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Kumush:
Nikita Rafalovich
Bronza:
Madinabonu Mannopova
Ulug‘bek Rashitov
Jasurbek Jaysunov.
Shuningdek, musobaqa vitse-chempioniga aylangan Nikita Rafalovich kumush medaldan tashqari, jahon reytingidagi ochkolari sonini 36 taga oshirib oldi. Bronza medallarini qo‘lga kiritgan Madinabonu Mannopova, Ulug‘bek Rashitov hamda Jasurbek Jaysunov esa 21.6 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Manba: O‘zbekiston Taekvondo federatsiyasi matbuot xizmati.
Fikrlar