
Taekvondo WT : O‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida eng yaxshi natijamizni yangiladik
Avval xabar berganimizdek, Bolgariya Sofiya shahrida taekvondo WT bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati yakunlandi.
Quvonarlisi, unda qatnashgan jamoamiz 2 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan o‘z tarixidagi eng yaxshi natijasini yangiladi. Musobaqa sovrindorlari:
Kumush medal:
-52 kg: Marjona Xudoyqulova
-63 kg: Nazarali Nazarov
Bronza medal:
-42 kg: Gulshanoy Ismoilova
-73 kg: Muzaffar Sadriddinov
Fikrlar