Tailand MTJ bosh murabbiyi O‘zbekistondan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi?

  • 15 iyun, 2022, 01:08
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Kubogi-2023 3-saralash bosqichi so‘nggi turi doirasidagi O‘zbekiston - Tailand uchrashuvida mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchdi. Bellashuvdan so‘ng tailandliklar bosh murabbiyi Aleshandre Pyolking matbuot anjumanida ishtirok etdi:

Tecno

"Bugun O‘zbekiston munosib o‘yin ko‘rsatib, haqli g‘alabaga erishdi. Bahsda raqiblarimiz juda ham kuchli jamoa ekanligini ko‘rsatib, pozitsiyalarni o‘zgartirishda yuqori tezkorlik namoyish etishdi. Uchrashuv davomida biz nafaqat Eldor Shomurodov, balki Jaloliddin Masharipovga ham qarshi individual himoyalanishni reja qilgandik. Lekin tarkibda boshqa ko‘plab yuqori darajadagi futbolchilar bor edi.

Bu uchrashuv biz uchun yaxshi test bo‘ldi. Chunki biz Osiyo kubogida aynan bu kabi yuqori darajadagi jamoalar bilan o‘ynaymiz. Bizda musobaqaga yaxshilab tayyorgarlik ko‘rish uchun bir yil vaqt bor. Bugun qanday kamchiliklarimiz borligini ko‘rib oldim. Buni ustida ishlab, musobaqada yanada yaxshiroq ishtirok etishimizga ishonaman".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!