Tailandda tennis go‘zallari raqobatlashmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Tailandda xotin-qizlar o‘rtasida  “World Tennis Thailand Championship – 2017” ko‘rgazmali tennis musobaqasida ruminiyalik Simona Xalep, britaniyalik Yoxanna Konta, chexiyalik Karolina Plishkova hamda latviyalik Elena Ostapenko o‘zaro bahslashmoqda.

Musobaqaning ilk uchrashuvi Simona va Yoxanna o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning birinchi raqamli tennischisi Simona Xalep raqibini har ikkala setda 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa ruminiyalik tennischi o‘zaro o‘yinlardagi hisobni tenglashtirdi – 3:3.

Ikkinchi uchrashuvda esa Karolina Plishkova 6:1, 6:4 hisobida Elena Ostapenkodan ustun keldi.

Sports.uz

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!