Taniqli portal top-5 ligalar yil jamoasini tuzdi. Ramziy tarkibga birorta ham PSJ futbolchisi kiritilmadi
Taniqli Sofascore statistik portali 2025 yil jamoasini Yevropaning top-5 chempionatlari ro‘yxatiga kiritdi.
Yilning ramziy terma jamoasiga o‘z pozitsiyalarida top-ligalarda eng yuqori ball to‘plagan 11 nafar futbolchi kiritildi. Portal tarkibi uchun 3-2-4-1 sxemasini tanladi.
Tarkib quyidagicha ko‘rinishga ega:
Darvozabon: Joan Garsiya ("Espan’ol" va "Barselona");
Himoyachilar: Niko Shlotterbek ("Borussiya" D), Virjil van Deyk ("Liverpul") va Valdemar Anton ("Borussiya" D);
Yarim himoyachilar: Yozua Kimmix ("Bavariya"), Pedri ("Barselona"), Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted"), Maykl Olise ("Bavariya"), Rafinya ("Barselona") va Lamin Yamal ("Barselona").
Hujumchilar: Kilian Mbappe ("Real").
Eslatib o‘tamiz, Fransiyaning PSJ klubi 6ta sovrinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, yil jamoasiga birorta ham futbolchi kiritilmadi.
Fikrlar