
Tarixda ilk bor Frantsiya chempionati uchrashuvini ayol hakam boshqaradi (FOTO)
Frantsi futbol federatsiyasi chempionatning 34-turidan o‘rin olgan "Amen" - "Strasburg" bahsini Stefani Frappar ismli ayol hakam boshqarib borishini ma’lum qildi.
Shu tariqa Frappar Frantsiya oliy divizioni uchrashuvini boshqargan ilk ayol hakam sifatida tarixga kiradigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Frappar Liga 1 da 2014 yildan buyon faoliyat olib bormoqda.
Fikrlar