Taro Daniel ikkinchi davraga yo‘l oldi
Zohir2018
"Grand Prix Hassan II"da tennichilar saralanmoqda
Yaponiyalik tennischi Taro Daniel Marokash shahrida o‘tayotgan musobaqaning ilk bosqichida germaniyalik Misha Zverevga qarshi kortga chiqdi.
Ushbu o‘yinda Taro raqibini dastlabki setda 6:3 hisobida enggan bo‘lsa, ikkinchi setda birorta ham geymni boy bermadi.
Shu tariqa Daniel "Grand Prix Hassan II" turnirida ispaniyalik Fernando Verdasko va Adriana Menendes-Maseyras uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.
Izohlar (0)