Tayson Fyuri: "MMA – zerikarli sport, boisi..."
Sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri MMA janglaridagi klassik kurash unga zerikarli tuyulishini aytdi va shu bilan birga, MMAchilarining professional boksga o‘tishiga sabab bo‘layotgan omillar haqida ham fikr bildirdi.
"Rostini aytsam, MMA haqida deyarli hech narsa bilmayman. Bu sport menga faqat jangchilar tik turib, bir-birini yuziga mushtlayotganda qiziq tuyuladi. Ular yerga tushib, kurasha boshlasa... Buni ko‘rish menga yoqmaydi.
MMAchilarining boksgа o‘tishigа kelsak, agar gap ommaga tanish, nom chiqargan sportchilar haqida borayotgan bo‘lsa, ular istagan sportiga o‘tishi mumkin, deb o‘ylayman. Chunki bunday to‘qnashuvlarda eng muhimi — jangchining obro‘si va mashhurligi", — dedi britaniyalik.
Eslatib o‘tamiz, Fyuri so‘nggi bor iyul oyi oxirida ringga ko‘tarilib, 7 raundda Marius Vahni texnik nokautga uchratgan edi.

Fikrlar