Tayson Fyuri va Aleksandr Usik o‘rtasidagi revanshni kimlar boshqarib boradi?

  • 19 dekabr, 2024, 16:50
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

WBC, WBA va WBO yo‘nalishlari bo‘yicha og‘ir vazn toifasida jahon chempioni Aleksandr Usik va britaniyalik sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri o‘rtasidagi ikkinchi jangni yangi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

Tecno

Ringdagi hakam - puerto-rikolik kichik Roberto Ramires. Yon hakamlar - Xerardo Martines (Puerto-Riko), Pet Morli (AQSh), Fernando Barbosa (AQSh).

Eslatib o‘tamiz, Usik (22-0, 14 KO) va Fyuri (34-1-1, 24 KO) o‘rtasidagi revansh 22 dekabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!