
Tayson Fyurining vaqti o‘tdi!
Djonni Nelsonning fikricha, boks muxlislari Tayson Fyuri (34-0-1, 24 KO) davri tugaganini allaqachon ko‘rgan.
"Tayson o‘zini unga haqiqatni aytishdan qo‘rqadigan odamlar bilan o‘rab oldi.Bu esa uning yuqori pog‘onada qolishini qiyinlashtiradi. Men uchun u dunyodagi eng yaxshi og‘ir vaznli bokschi, ammo Fyuri bu ketishda asta-sekin ba’zi afzalliklarini, ya’ni oyoq xarakatlarini va noan’anaviy jang uslubini yo‘qotadi", -dedi Nelson.
Eslatib o‘tamiz, WBC chempioni Fyuri va IBF, WBA, WBO yo‘nalishlari chempioni Aleksandr Usik (21-0, 14 KO) o‘rtasidagi jang 2024 yilning fevralida,Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar