Asosiy mazmunga oʻtish

MMA

Tbilisidan xushxabar!

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Yana ikki nafar MMA jangchimiz keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Kecha Gruziyaning Tbilisi shahrida havaskor MMA (IMMAF) bo‘yicha U-20 va kattalar o‘rtasida jahon chempionati start oldi. 

Ayni damda O‘zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etayotgan ushbu dunyo birinchiligida ikkinchi kun bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

57,6 kg da hamyurtimiz Azizbek Safarov to‘liq 3 raund davom etgan jangda angliyalik Teylor Parkinsinni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Yana bir hamyurtimiz Nozim Sotvoldiev 1-raunddayoq angliyalik Denni Battni nokautga uchratdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q