Teddi Atlas Bahodir Jalolov uchun engilmas raqib topdi

  • 9 aprel, 15:01
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Amerikalik taniqli boks sharhlovchisi, murabbiy va tahlilchi Teddi Atlas o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov (15:0, 14 KO) va amerikalik Richard Torres (13:0, 11 KO) o‘rtasidagi revansh jangini professionallar safida ko‘rish istagi borligini aytdi. Bu haqda "Sports.kz" xabar bermoqda.

Tecno

"Torres 2016 yilgi Olimpiadada kumush medalni qo‘lga kiritgan. Tasavvur qiling-a, finalda uni kim mag‘lub etdi? Albatta, Jalolov. Bahodirning prof boksdagi rekordi 15:0, Torresniki esa 13:0. Keling, bu revanshni tashkil qilaylik!” - dedi Atlas o‘zining podkastida. 

Eslatib o‘tamiz, har ikki bokschi ham o‘tgan hafta oxirida bahslarga kirishgan: Bahodir Jalolov ukrainalik Igor Shevadzutskiy ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, Richard Torres italiyalik Gvido Vianelloni mag‘lub etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!