Temmi Abraham "Aston Villa"ga qaytdi

  • 27.01.2026 23:15
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Aston Villa" matbuot xizmati "Beshiktosh" hujumchisi Temmi Abrahamning transferini rasmam e'lon qildi. 28 yoshli futbolchi bilan tuzilgan shartnoma shartlari oshkor etilmadi. Ammo "Beshiktosh" hujumchi uchun 21 million yevro mablagʻ olganini maʼlum qildi.

Qayd etish joiz, Abraham avval ham 2018–2019 yillar orasida "Aston Villa" sharafini himoya qilgan. Oʻshanda u "Chelsi"dan ijara asosida "sherlar" safida oʻynagan edi.

Joriy mavsumning birinchi yarmida Temmi Abraham "Beshiktosh"da ijarada toʻp surdi. Yanvar oyida esa turk klubi uni "Roma"dan 13 million yevro evaziga toʻliq sotib olgan edi.

Hozirgi mavsumda angliyalik hujumchi barcha musobaqalarda 26 ta oʻyin oʻtkazib, 13 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Abrahamning bozor qiymatini 14 million yevro deb baholamoqda.

dd6f041d84798a1500a8ad256bcff.jpeg?f=webp&q=90&s=2x&w=730

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!