Temur Kapadzega qaerlardan takliflar bo‘lyapti? Terma jamoaga nima etishmadi? Kapadze javob berdi

  • 31 iyul, 2024, 18:15
  • Karim Xudayqulov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi "Parij-2024" musobaqasi bilan xayrlashdi. Vakillarimiz "C" guruhida so‘nggi pog‘onani band etdi. 

Quyida Temur Kapadzening turnirdan keyin bildirgan fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin: 

- Avvalo, butun turnir davomida bizni oxirigacha qo‘llab turgan muxlislarimizga rahmat aytaman. Natijalar uchun esa butun xalqimizdan uzur so‘raymiz. Biz har bir uchrashuvda maydonga g‘alaba uchun chiqdik. Bu orqali barchani xursand qilishni maqsad qilgandik. 

Tecno

- Bizga qaerdadir omad, tajriba va mahorat etishmadi. O‘yinlarga tayyorlanish jarayonida ham tashqi taraflama, ham ichki taraflama muammolarga duch keldik. Bu ham o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi. O‘yindan-o‘yinga tiklanishga ulgurmadik. Taqvim zich edi.

- 3 ta o‘yinda ham hech bir raqiblarimizdan o‘yin bobida qolishmadik. Ammo to‘p darvozaga kirishni istamadi. Ya’ni omad ham bizdan ochiqchasiga yuz o‘girdi.

- Turnir umumiy olganda bizga katta tajriba maktabi vazifasini bajarib berdi. Biz butun turnir davomida qandaydir hayajon bilan va katta bosim ostida harakat qildik.

- Yoshi katta futbolchilar xizmatidan to‘liq foydalandik. Sababi, biz ularni foydasi tegishiga ishonib, tarkibga jalb etdik. Avvalo uchalasiga ham kelgani uchun rahmat. Ozmi-ko‘pmi baribir hissalarini qo‘sha olishdi. Lekin baribir vaqt masalasi pand berib qo‘ydi.

- Faoliyatimni aynan Superligada davom ettiramanmi yoki yo‘q bu hali aniq emas. Nafaqat mahalliy balki, xorijiy  jamoalardan ham chaqiruvlar bor. Takliflar oldin ham bo‘lgan. Lekin u paytda hali oldimizda olimpiadaga chiqish vazifasi turgan edi. Hozir esa futboldan biroz dam olmoqchiman. Sababi, biz 4 yil davomida faqat Olimpiada loyihasi bilan band bo‘ldik. Bu esa ancha-muncha charchoqni keltirib chiqardi. Keyinchalik nima bo‘lishini esa vaqt ko‘rsatadi.

- Balki, yana o‘qib o‘rganarman. O‘z ustimda ishlayman albatta. Xorijga borib, malakali mutaxassislar qo‘l ostida tajriba oshirarman. Bular faqat va faqat foyda keltiradi.

- Avvalo hammaga rahmat. Turnir davomida o‘zimiz uchun kerakli xulosalarni chiqardik. Keyingi musobaqalarga yana astoydil tayyorgarlik ko‘rib, yaxshi ma’noda kuchli bo‘lib qaytamiz. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Duvlan
01/08/2024 08:58
Хориждан ҳеч нарса ўргана олмийсан, яхшиси шу ердаги таклифни қабул қил.
. Oxunjon
31/07/2024 19:46
Xorijlik murabiydan ko'p va xo'p o'rganing iloji bo'lsa xorij kulublaridan qiziqish bo'lsa keting berda, rivojlanmaysiz