Tennis. Nigina Abduraimova Australian Open'dagi ishtirokini yakunladi

  • 11.01.2023 13:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Tennis
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Nigina Abduraimova Avstraliya ochiq chempionatidagi yurishini to‘xtatdi. Hamyurtimiz saralashning ikkinchi bosqichida amerikalik Keti Volinesga imkoniyatni boy berdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

2 soat 28 daqiqa davom etgan o‘yin taqdiri 3 setda hal bo‘ldi: 6:1, 4:6, 7:6 (10:4). Qayd etish joiz, Abduraimova uchinchi setda 2 bor matchbolni bartaraf etib, bahsni tay-breykkacha olib bora oldi. Biroq tennis lotereyasida omad amerikalik tennischi tomonida bo‘ldi.

Ushbu ishtirok orqali hamyurtimiz 8 reyting ochkosi va 25,272 AQSh dollari ishlab oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!