Tennischilarimiz Avstraliya ochiq chempionatidagi raqiblarini bilib olishdi

  • 16.01.2026 10:43
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Tennis

Tennis bo‘yicha joriy yilning dastlabki “Katta dubulğa” turniri – Avstraliya ochiq chempionatining asosiy davrasiga qur’a tashlandi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasining 2 nafar a’zosi Kamilla Rahimova hamda Polina Kudermetova dastlabki bosqichda quyidagi raqiblarga qarshi kortga chiqishadi:

Kamilla Rahimova – Kori Gauff (AQSh)
Polina Kudermetova – Guyomar De Reales (Ispaniya)

Qayd etish joiz, K.Gauff dunyoning uchinchi raqamli tennischisi hisoblanadi. Uchrashuvlar 18 yanvar kuniga belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!