Tennischimizni xafa qilishdi

  • 23.09.2026 13:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Tennis
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston nomidan ishtirok etayotgan tennischi Kamilla Rahimova (WTA reytingida 76-o‘rin) Janubiy Koreyaning Seul shahrida o‘tayotgan WTA 250 turnirining 1/8 finalida maydonga tushdi.

Rahimova amerikalik Keti Volinets (77-o‘rin) bilan kuch sinashdi. Uchrashuv ikki setda yakunlandi: o‘zbekistolik sportchi 3:6, 0:6 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Ikkinchi setda u birorta geym yuta olmadi. Bellashuv 1 soat 23 daqiqa davom etdi.

Shu tariqa, Kamilla Rahimova Seul turniridagi ishtirokini yakunladi. 

Keti Volinets esa chorak finalga yo‘l oldi. Uning navbatdagi raqibi xitoylik Yesin Ma (175-o‘rin) va avstraliyalik Kimberli Birrell (60-o‘rin) o‘rtasidagi bahs g‘olibi bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!