Tennisni tugatgan Nadal “Real” prezidenti bo‘lmoqchi

  • 13.10.2024 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Tennis olamining eng mashhur o‘yinchilaridan bo‘lgan Rafael Nadal professional faoliyatini yakunlayotganini e’lon qildi.

Mashhur tennischi 18-24 noyabr kunlari Malaga shahrida bo‘ladigan Devis kubogi finalidan keyin katta sportni tark etadi.  

Ispaniyalik sportchi kelajakda o‘zi yoqtirgan “Real” klubini boshqarish rejasi borligini ma’lum qildi.

- Men “Real”ning prezidenti bo‘lishni istayman. Lekin ayni paytda klubni uning tarixidagi eng yaxshi va munosib rahbar boshqarmoqda, - dedi Rafael Nadal.

38 yoshli Rafael Nadal ATP tasnifidagi musobaqalarning yakkalik bahslarida 92 ta, juftlik bellashuvlarida 11 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. U 209 haftani jahon reytingining birinchi raketkachisi sifatida o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!