
Ter Shtegen "Barsa"da qolmoqchi
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen klubni tark etmoqchi emas. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 33 yoshli posbon jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik uni jamoadan ketishga majbur qilmasligiga ishonmoqda. Bundan tashqari, ter Shtegen yakunda yana "Barselona"ning asosiy darvozaboni bo‘lishiga harakat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, ter Shtegen o‘tgan mavsumning katta qismini jarohat sababli o‘tkazib yuborgan. U bor-yo‘g‘i 9 ta o‘yinda maydonga tushgan va faqat bitta o‘yinni "quruq" o‘tkazgan.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari darvozabonning narxini 12 million evroga baholamoqda.
Fikrlar