Ter Shtegen ertangi o‘yin oldidan De Xea haqida nimalar dedi?
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen ertaga "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs oldidan mankuanliklar safidagi hamkasbi Davide De Xea haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“De Xea dunyoning eng zo‘r darvozabonlaridan biri. U “Manchester Yunayted”ning eng muhim qismi hisoblanadi. Bunday o‘yinchiga qarshi o‘ynash men uchun yoqimli”, - deydi germaniyalik darvozabon.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” – “Manchester Yunayted” uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.



Fikrlar