Ter Shtegen XXI asrdan buyon "Barselona" darvozabonlari amalga oshirolmagan ishni qildi

  • 28.09.2019 23:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz  bor "Barselona" bugun La Liganing 7-turida "Xetafe" ustidan 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi.

E’tiborlisi, uchrashuvdagi gollarning biriga kataloniyaliklar darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen assistentlik qildi. Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra germaniyalik posbon “ko‘k-anor ranglilar” safida golli uzatmaga mualliflik qilgan XXI asrdagi ilk darvozabonga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, ter Shtegenning uzatmasidan so‘ng Luis Suares birga-bir vaziyatga chiqib bordi va to‘pni raqib darvozaboni ustidan oshirib gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!