
Ter Shtegenning qolishiga kafolat yo‘q
Kataloniyaning “Barselona” klubiga ixtisoslashgan ispaniyalik jurnalist Raafay Humayun germaniyalik darvozabon Mark-Andre ter Shtegenning jamoadagi kelajagi haqida fikr bildirdi.
“Barselona” rahbariyati darvozabon chizig‘ini kuchaytirish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Shunday ekan, ter Shtegenning klubda qolishiga hech qanday kafolat yo‘q. Ammo hozircha bu borada aniq qaror qabul qilingani yo‘q”, — dedi ispaniyalik muxbir.
Avvalroq, kataloniyalik muxlislar ter Shtegenning o‘yinlaridan norozi ekani haqida xabarlar tarqalgandi. Matbuotda esa germaniyalik posbonning sotilishi mumkinligi haqida yozilgan edi.
33 yoshli darvozabonning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Uning transfer qiymati 15 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar