Terens Krouford faqat bitta jang uchun ringga qaytishi mumkin

  • 01.09.2024 13:54
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Taniqli britaniyalik promouter Eddi Xirnning aytishicha, engil, birinchi yarim o‘rta, yarim o‘rta, birinchi o‘rta vazn toifasida ishtirok etayotgan 36 yoshli professional bokschi Terens Krouford(41-0, 31 KO) faqat Saul "Kanelo" Alvares(61-2-2, 39 KO) bilan jang uchungina ringga qaytishi mumkin.

 "Menimcha, Krouford "Kanelo" Alvares bilan to‘qnash kelmas ekan, qaytib ringga chiqmaydi. Uning Virjil Ortis bilan jang qilmasligi va Madrimovga qarshi revansh o‘tkazmasligi aniq. Terens, shuningdek, Jaron Ennis bilan ham to‘qnash kelmaydi. Xo‘sh, u yana kim bilan kurashishi kerak? Sebastyan Fundorami? Kroufordni endi katta pul keltiradigan janglar qiziqtirmaydi. Uning xayolida faqat "Kanelo" bor. Agar Terens bu bahsda qatnasha olmasa, men uni ringda ko‘rmaymiz, deb o‘ylamayman”, - deya Xirn so‘zlarini keltirdi vRINGe.com.

Ma’lumot uchun, avvalroq hamyurtimiz Isroil Madrimov Kruford bilan revansh o‘tkazmoqchiligini aytgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!