Terens Krouford Isroil Madrimovga qarshi jang sabab WBC kamaridan mahrum qilindi
Amerikalik Terens Krouford WBC kamari va super o‘rta vazn toifasidagi mutlaq chempionlik unvonidan mahrum qilindi. Bunga Kroufordning meksikalik Saul Alvares va hamyurimiz Isroil Madrimovga qarshi janglari uchun WBC ga jarima to‘lamagani sabab bo‘ldi.
WBC Terensning Alvarec bilan jangi uchun 50 million dollarlik jarima to‘lashini hisobga olgan holda, unga 3% dan 0,6% gacha chegirma berganini ma’lum qilgandi. Biroq bokschining menejeriga va yuridik maslahatchisiga bir nechta xabarlar yuborilganiga qaramay, birortasiga ham tasdiq yoki javob olinmagan. Shu bois tashkilot chempionni kamardan mahrum etdi.
Endi esa WBC Kroufordning xayriya mablag‘larining 75 foizini bokschilarga gumanitar yordam ko‘rsatadigan Xose Sulaymon boks jamg‘armasiga xayriya qilishga va’da berdi. Jamg‘arma butun dunyo bo‘ylab yuzlab bokschilar va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Masalan, yaqinda jamg‘arma saraton kasalligiga qarshi kurashayotgan Airen Barkli va yaqinda vafot etgan Vanes Martirosyan kabi jangchilarni qo‘llab-quvvatlagandi.
Ayni damga kelib, WBC super o‘rta vazn toifasidagi chempionlik kamari bo‘sh deb e’lon qilib, mazkur unvon uchun britaniyalik Xamza Shiraz va kanadalik Kristian Mbilli o‘rtasida jang o‘tkazishini xabar berdi.
Ma’lumot uchun, 2024 yil avgust oyida Krouford 69,9 kg ko‘tarilib, Madrimovni ochkolar bo‘yicha engan va WBA chempionligini qo‘lga kiritgandi.
Fikrlar